O‘zbekiston | 12:46 / 18.07.2022
9873
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi 

Farg‘ona viloyatida haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, “A.” MChJ xodimi M.Q. fuqaro J.ga tanishlari yordamida “V” toifali haydovchilik guvohnomasini o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan  olib berish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, “Q.M.” MChJ xodimi I.M. fuqaro A.ga “B” va “S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 300 AQSh dollari va 500 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Bildirilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid