Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston uran qazib olish hajmini ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda
Prezident «2022-2030 yillarda uran qazib olish, qayta ishlash hajmini oshirish va «Navoiyuran» davlat transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-2030 yillarda uran qazib olish hajmini ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda.
Hujjat matniga qaraganda, qazib olish hajmini 2021 yildagi 3 526 tonnadan 2030 yilda 7 100 tonnaga yetkazish mo‘ljallanmoqda.
Hujjatda, shuningdek, 2022-2030 yillarda geologiya-qidiruv ishlarini faollashtirish hisobiga uran zaxiralarining o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlari tasdiqlandi – 4 700 tonnadan 10,5 ming tonnagacha.
Qaror bilan respublikada uran qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 460 million dollarlik 20 ta investitsiya loyihasi ro‘yxati ham tasdiqlandi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:30 / 17.06.2026
Dunyodagi eng yirik uran zaxiralari: O‘zbekiston ham ro‘yxatda
08:16 / 03.06.2026
Yadroviy energetikaga talab oshmoqda: uran bozori qayta jonlandi
17:43 / 31.05.2026