JSST koronavirusga qarshi emlanish va niqob taqishga chaqirdi
O‘tgan haftada Yevropada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq qariyb 3 mln holat aniqlangan – bu butun dunyodagi yangi kasallanish holatlarining deyarli yarmi hisoblanadi.
Yevropa mamlakatlari COVID-19 bilan kasallanish holatlari o‘sayotgani sababli epidemiologik nazoratni kuchaytirishi va himoya choralarini ko‘rishi kerak, dedi JSSTning Yevropadagi mintaqaviy byurosi rahbari Hans Klyuge.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda BA.2 va BA.5 omikron-shtammlari chaqirgan yangi to‘lqin kuzatilmoqda.
JSSTning ma’lumot berishicha, Yevropada oxirgi olti hafta ichida COVID-19ga chalinish bilan bog‘liq holatlar uch baravarga ko‘paygan. O‘tgan haftada qariyb 3 mln yangi holat qayd etilgan - bu butun dunyodagi yangi kasallanish holatlarining deyarli yarmi hisoblanadi.
Tashkilot kuzda maktablar ochilib, odamlar ta’tildan qaytganidan so‘ng shifoxonaga yotqizilish darajasi ham o‘sishini kutmoqda.
Shu bois JSST mintaqaviy byurosi COVID-19 bo‘yicha kuzgi-qishki strategiyani tayyorladi.
Unga ko‘ra, aholini emlash miqyosi kengaytiriladi, besh yoshdan katta bolalar va zaif immunitetga ega odamlar buster doza bilan emlanadi, binolar ichida va jamoat transportida niqob taqish tavsiya etiladi.
Tashkilotning ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan sutkada dunyo bo‘yicha 377 mingta yangi holat qayd etilgan.
Mavzuga oid
18:19 / 13.11.2024
JSST maktab o‘quvchilariga yuklama ortib borayotganidan xavotirda
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
17:08 / 30.10.2024