O‘zbekiston | 13:44 / 19.07.2022
12578
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoning ayrim tumanlarida chang bo‘roni kuzatilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida chang-to‘zon kuzatilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov xabar berdi.

Videodan kadr

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatining Buxoro viloyati bilan chegaradosh tumanlarida kuchli shamol va chang bo‘roni hodisalari kuzatilmoqda.

Xususan, Muborak tumanida kuchli shamol ortidan, chang-to‘zoni ko‘tarilib, ko‘rinuvchanlik 200-300 metrgacha cheklanganini ko‘rish mumkin.

Bundan oldin respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 19 iyul, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qilgandi.

Unga ko‘ra, shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid