Jahon | 08:42 / 21.07.2022
8742
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada jinoiy ishlar bo‘yicha muddatsiz tergov o‘tkazilishi taqiqlandi

Rossiya KS da’vo muddati tugaganidan keyin ishlarni tergov qilish muddatini bir yil bilan chekladi.

Foto: Picture Alliance

Rossiya Konstitutsiyaviy sudi 20 iyul, chorshanba kuni da’vo muddati tugaganidan keyin jinoiy ishlarni muddatsiz tekshirishni taqiqlovchi qaror qabul qildi. Tegishli hujjat Konstitutsiyaviy sudning rasmiy saytida e’lon qilingan. «Hech kim normativ chegaralar bilan cheklanmagan muddatda jinoiy javobgarlikka tortish tahdidi ostida bo‘lmasligi kerak, sodir etilgan qilmishning og‘irligi va yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lgan kamdan-kam holatlar bundan mustasno», — deyiladi qarorda.

Bunga qadar Rossiyada da’vo muddati tugaganligi sababli jinoiy ta’qibni tugatish faqat gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining roziligi bilan mumkin edi. Qonunda qo‘shimcha tergov uchun hech qanday muddat belgilanmagan. Yangi qarorga ko‘ra, da’vo muddati o‘tgan kundan e’tiboran jinoiy ishlarni bir yildan ortiq tergov qilish mumkin emas. 

Hujjatda qayd etilishicha, qilmish jinoiylik belgisini yo‘qotmasligiga qaramay, da’vo muddati o‘tganligi munosabati bilan jazo uchun asos olib tashlanadi. Shuning uchun qonunni buzgan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. Farmon rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid