Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnam Xitoy mamlakat suverenitetini buzayotganini ma’lum qildi
Ta’kidlanishicha, Chiongsha va Hoangsha yaqinida Vetnamning ruxsatisiz harakat qilish noqonuniy hamda Vetnam suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzuvchi harakat deb qabul qilinadi.
Foto: Reuters
Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli Parasel orollari yaqinidagi harbiy mashg‘ulotlari Vetnam suverenitetini buzmoqda. Bu haqda Vetnam tashqi ishlar vazirligi vakili Fam Txu Hang ma’lum qildi.
«Biz Vetnamning Hoangsha (Parasel orollari) va Chiongsha (Spratli) arxipelaglari ustidan suverenitetini buzuvchi har qanday harakatlarga qat’iyan qarshimiz»,— dedi u 16-20 iyul kunlari Parasel orollari yaqinida Xitoy tomonidan o‘tkazilgan harbiy-dengiz mashg‘ulotlariga izoh berarkan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakatlar «Vetnamning mazkur arxipelaglar ustidan suverenitetini jiddiy tarzda buzadi».
Bundan tashqari, Fam Chiongsha va Hoangsha yaqinida Vetnamning ruxsatisiz harakat qilish noqonuniy hamda Vetnam suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzuvchi harakat deb qabul qilinishini bildirdi.
Hanoy Spratli va Parasel orollari Vetnamga qarashli deb hisoblaydi.
Bu orollarga Xitoy va Vetnamdan tashqari, yana uch mamlakat da’vo qiladi.
Mavzuga oid
22:17 / 06.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoy zavodidagi fojia munosabati bilan Si Jinpingga hamdardlik bildirdi
09:22 / 06.05.2026
Xitoy 78 milliard tup daraxt ekdi, ammo endi buning salbiy oqibatlarini ko‘rmoqda
09:17 / 05.05.2026
Xitoyda feyyerverk zavodida yuz bergan portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
22:25 / 28.04.2026