Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy aholisi 2025 yildan boshlab kamayishi taxmin qilindi
Xitoy demograflari yaqin yillarda aholi kamayishi tendensiyasi ustunlik qilishi va bu uzoq vaqt davomida saqlanib turishini taxmin qilmoqda.
Foto: VCG
Xitoyda aholi o‘sishi sur’atlari sezilarli darajada sekinlashdi va 2025 yilga borib aholining tabiiy kamayishi boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining aholi va oila ishlari bo‘limi rahbari Yan Venchjuan ma’lum qildi.
Xitoy demograflari yaqin yillarda aholi kamayishi tendensiyasi ustunlik qilishi va bu uzoq vaqt davomida saqlanib turishini taxmin qilmoqda.
Mamlakatning 29 provinsiyasi va regionlarida 2021 yildagi tug‘ilish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta provinsiyada tug‘ilish oxirgi o‘n yillikdagi minimal darajada bo‘lgan.
Ma’lumot berilishicha, Hunan provinsiyasida tug‘ilish oxirgi 60 yilda ilk bor 500 mingtadan kam bo‘lgan. Henan provinsiyasida 1978 yildan beri birinchi marta 800 mingdan kam tug‘ilish qayd etilgan. Tszyansi provinsiyasida 1950-yillardan buyon ilk bor tug‘ilish 400 mingdan kam bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:16 / 10.04.2026
Dunyodagi eng baland osmono‘par binolardan biri 18 yillik tanaffusdan so‘ng qurib bitkaziladi
21:28 / 10.04.2026
Tayvan muxolifati yetakchisi Pekinda Si Jinping bilan uchrashdi
08:10 / 09.04.2026
Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?
07:45 / 09.04.2026