Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ehtiyot bo‘ling! Firibgarlar internetda yutuqli o‘yinlar haqida feyk tarqatmoqda
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan yana bir bor zaruriyati bo‘lmaganda, o‘zi bilmagan va ishonmagan har xil so‘rovnoma, savol-javob, aksiyalar, elektron havolalar, elektron va onlayn o‘yinlar va boshqa feyk e’lonlarga kirmaslikni so‘rab qolamiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda UZTELECOM nomidan anketa to‘ldirish evaziga 3 mln so‘m tarqatilayotgani va Coca-sola kompaniyasi tomonidan yutuqli o‘yinlar o‘tkazilayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Qayd etilishicha, mazkur ma’lumotlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.
“Bunday firibgarlarning maqsadi sizning kartangiz ma’lumotlarini aniqlash va pul yechish, shuningdek, ularning "ma’lumotlar bazasi" uchun telefon raqamingizni olishdan iborat. Hushyor bo‘ling va ushbu postni yuborib, yaqinlaringizni ogohlantiring”, deyiladi UZTELECOM xabarida.
Shuningdek, Telegram’da Coca-cola nomidan ham soxta xabar tarqatilgan. Unda ko‘rsatilgan manzilga kirib, ayrim shartlarni bajarsangiz, minglab sovg‘alardan birini tekinga qo‘lga kiritishingiz aytilgan. Bu ham firibgarlarning tuzog‘i hisoblanadi.
Internet va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan zaruriyat bo‘lmaganda, o‘zi bilmagan va ishonmagan har xil so‘rovnoma, savol-javob, aksiyalar, elektron havolalar, elektron va onlayn o‘yinlar va boshqa feyk e’lonlarga kirmaslikni hamda o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etib aldanib qolmaslikni so‘rab qolamiz.
Mavzuga oid
21:10 / 30.06.2026
Al Kaponedan Gulnora Karimovagacha: “Kir pullar” qanday yuviladi?
11:00 / 27.06.2026
Tibbiyot muassasalariga ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarliklar aniqlandi
16:35 / 23.06.2026
Talon-toroj va firibgarlik uchun “chiqish eshiklari” toraydi
18:38 / 19.06.2026