Sport | 23:20 / 27.07.2022
20119
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya klubi Otabek Shukurov transferini e’lon qildi

«Sharja» yarimhimoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

Foto: Fatih Karagümrük SK

Turk klubi matbuot xizmati o‘zbekistonlik 26 yoshli futbolchi transferini rasman e’lon qildi.

O‘zbekistonlik yarimhimoyachi yangi jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shilgan va ikki yillik shartnomaga imzo chekkan.

Avvalroq «Fotih Karagyumruk» bosh murabbiyligiga «Yuventus»ning sobiq yarimhimoyachisi va murabbiyi Andrea Pirlo tayinlangandi. Jamoa o‘tgan mavsumda Turkiya Superligasida 8-pog‘onani egallagandi.

Otabek Shukurov 2017 yildan buyon Birlashgan Arab Amirliklarining «Sharja» klubi safida o‘ynab kelayotgandi. U so‘nggi yillarda jamoa sardoriga aylangandi. 

U 2016 yildan buyon O‘zbekiston milliy jamoasining asosiy tarkib futbolchisi sanaladi.

Mavzuga oid