O‘zbekiston | 14:14 / 27.07.2022
1767
2 daqiqa o‘qiladi

Investitsiya shartnomalarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

Foto: Shutterstock

“Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Davlat xaridiga doir tender xarid hujjatlarini, texnik topshiriqlarni hamda shartnomalar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lovlar xarid predmeti narxi QQSni inobatga olmagan holda 0,1 foizi miqdorida, BHM 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qo‘shilgan holda undiriladi.

Loyihalar texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun to‘lovlar QQSni hisobga olmagan holda loyiha umumiy summasi 0,03 foizi miqdorida, biroq ekvivalenti 4 ming dollardan kam bo‘lmagan va 50 ming dollardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qo‘shilgan holda undiriladi.

Loyihalar texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun loyihalar texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun belgilangan summa 50 foizi miqdorida haq undiriladi.

Ekspertizalar 100 foizlik oldindan haq to‘lash sharti bilan o‘tkaziladi. Qaror bilan quyidagilarni tartibga soluvchi nizomlar tasdiqlandi:

  • investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash;
  • davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish;
  • shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibi;
  • loyihalar texnik-iqtisodiy asosi va texnik-iqtisodiy hisob-kitobini, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish xizmati qiymatini aniqlash tartibi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid