«O‘zbekneftgaz» aksiyalarini xalqaro bozorlarga joylashtirishni kechiktirishi mumkin
2022 yil 21 iyul kuni Rothschild & Cie kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi boshchiligidagi ishchi guruhining London shahriga safari yakunlari, xalqaro banklar va yevroobligatsiyalar egalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar yakunlari muhokama qilindi.
“O‘zbekneftgaz" joriy geosiyosiy vaziyatning kompaniya faoliyatiga ta’siri, GTL zavodida birinchi sintetik mahsulotlar ishlab chiqarilishi, barqaror rivojlanish (ESG) va korporativ islohotlar yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni qamrab olgan investorlar bilan global uchrashuv o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Rothschild & Cie kompaniyasi rahbariyati “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining transformatsiya jarayonida ilg‘or global biznes amaliyotini joriy etish muhimligini ta’kidladi.
Kapital bozorlari hozirgi o‘zgaruvchanligini hisobga olib, maslahatchilar asosiy e’tiborni tayyorgarlik jarayoniga qaratishni va moliya bozorlaridagi vaziyat barqarorlashgandan keyin IPO’ga chiqish rejalarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini tavsiya etdi.
Kompaniya haqida dastlabki va ijobiy fikrni shakllantirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri potensial investorlar bilan uchrashuvni 2022 yil oxirida tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etildi va xalqaro bozorda gaz kompaniyalariga investorlar qiziqishi ortib borayotgani ma’lum qilindi.
Rothschild & Cie kompaniyasi korporativ madaniyatni oshirish, ESG hisobotini joriy etish, moliyaviy hisobotlarni chiqarishni tizimlashtirish, qarz portfeli holatini yaxshilash orqali IPO’ga tayyorgarlikni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Rothschild & Cie - investitsiya banki kompaniyasi. 1983 yilda Parijda (Fransiya) tashkil etilgan.
Mavzuga oid
17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?
22:19 / 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev gaz qazib olishni oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
14:00 / 21.10.2024
Madridda hukumatga qarshi ko‘p ming kishilik aksiya o‘tkazildi
18:04 / 14.09.2024