Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
6 oyda 1785 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi
2022 yilning 6 oyi davomida respublikada jami 1429 ta jinoyat ishi bo‘yicha 1785 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.
Foto: Shutterstock
Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 13 nafari respublika, 195 nafari viloyat va 1577 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 1210 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 158 nafari mansab mavqeyini suiiste’mol qilish, 129 nafari firibgarlik, 74 nafari poraxo‘rlik, 22 nafari mansab soxtakorligi, 15 nafari mansabga sovuqqonlik qarash, 7 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va 170 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etgan.


Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 668,2 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 599,1 mlrd so‘mi undirilgan.
Mavzuga oid
09:02 / 28.03.2026
Chiqindilarni noqonuniy olib ketish uchun javobgarlik belgilandi
13:08 / 16.03.2026
Qoraqalpog‘istonda yo‘l qurish loyihasi bo‘yicha 10 ming dollar talab qilgan mansabdor ushlandi
10:53 / 12.03.2026
Elektr va gazga noqonuniy ulanganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
09:30 / 04.03.2026