Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grenlandiyada anomal harorat tufayli 18 mlrd tonna muz erib ketdi
Grenlandiyaning aksariyat qismlarida harorat 15,5 darajani tashkil etdi, bu iyuldagi iqlimiy me’yordan 10 darajaga baland hisoblanadi.
Grenlandiya iliq harorat tufayli muz zaxiralarining katta qismini yo‘qotdi, deb xabar berdi Gizmodo.
Ma’lumot berilishicha, Grenlandiyaning aksariyat qismlarida harorat 15,5 darajani tashkil etdi, bu iyuldagi iqlimiy me’yordan 10 darajaga baland hisoblanadi.
Natijada Grenlandiya muz qalqonida qor va muzlar erib ketdi. Atigi uch kun ichida, 15 iyuldan 17 iyulgacha muz qalqoni 18 mlrd tonna suv yo‘qotdi.
O‘tgan haftada muzlik erishi sekinlashdi va iqlimiy me’yorga yaqinlashdi, biroq holat iqlimshunoslarni xavotirga solmoqda.
Agarda Grenlandiyadagi barcha muzlar erib ketsa, dengiz sathi 8 metrga ko‘tarilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:35 / 19.05.2026
Tramp Grenlandiyani egallash rejasidan voz kechmagan
08:56 / 18.05.2026
Politico: Tramp Grenlandiya bilan alohida kelishuv tayyorlamoqda
09:30 / 10.04.2026
Tramp NATOdan noroziligini bildirib, Grenlandiyani esladi
22:10 / 31.03.2026