Jahon | 13:50 / 28.07.2022
3424
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda KXShT maxsus bo‘linmalari mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi

2-5 avgust kunlari Qirg‘iziston hududida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) maxsus bo‘linmalarining maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.

Foto: odkb-csto.org

Mashg‘ulotlar davomida KXShTga a’zo davlatlar maxsus kuchlarining birlashtirilgan guruhlari jinoiy to‘dalar, terroristik guruhlarni qidirish, to‘xtatish qilish va zararsizlantirish, shuningdek, narkotik moddalar kontrabandasi kanallarini to‘sib qo‘yish hamda saqlash joylari, laboratoriyalarni aniqlash bo‘yicha o‘quv va amaliy tezkor-jangovar vazifalarni bajaradi

Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalari tomonidan aksilterror operatsiyasi davomida yuzaga kelgan oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar ishlab chiqiladi. 

Mashg‘ulotlar rejasiga ko‘ra, KXShT operativ shtabi bilan maxsus operatsiyani rejalashtirish, o‘zaro hamkorlikni tashkil etish hamda turli kuchlar va vositalarni boshqarish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 

Mashqlar yakunida mashg‘ulotlar ishtirokchilari jamoalari o‘rtasida turli qurol turlaridan o‘q otish musobaqalari tashkil etiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid