O‘zbekiston | 11:06 / 29.07.2022
4959
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev ShHTga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi Shanhay hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi tadbirlarida ishtirok etayotgan ShHTga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovga ko‘ra, uchrashuvda Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Xitoy davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I, Qirg‘iziston tashqi ishlar viziri Jeenbek Kulubayev, Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardariy, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, shuningdek, ShHT bosh kotibi Chjan Min va ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda ko‘p tomonlama hamkorlik ustuvor vazifalari va ShHTni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 

O‘zbekistonning birlashmaga raisligi davomida o‘tgan davrda birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalari hamda joriy yil sentabr oyida Samarqandda o‘tadigan sammit kun tartibiga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, deyiladi rasmiy xabarda.

Mavzuga oid