Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariyada tadbirkor Gebrevning o‘q-dorilar ombori portlab ketdi
Karnobat shahri yaqinidagi omborxonada buyurtma qilingan, lekin puli to‘lanmagan eski o‘q-dorilar saqlangan, deb xabar qildi Emilian Gebrev. 2014 yilda tadbirkor Ukrainaga qurol yetkazib bergandi.
Bolgariyada 31 iyul, yakshanba kuni 2014 yilda mamlakat sharqida mojaro avj olgan paytda Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlagan tadbirkor Emilian Gebrevga tegishli o‘q-dorilar omborida portlash sodir bo‘ldi, deb yozadi mahalliy OAV.
Bolgariya milliy radiosining xabar berishicha, hodisa ertalab mamlakat janubi-sharqida joylashgan Karnobat shahri yaqinidagi sobiq armiya kazarmalari hududida sodir bo‘lgan. Portlash natijasida omborda yong‘in boshlangan, hech kim jabrlanmagan.
Gebrev sodir bo‘lgan voqeani izohlar ekan, «biz hech qanday insoniy xato haqida gapirmayapmiz, bunday bo‘lishi mumkin emas» dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, omborda turli kompaniyalar tomonidan buyurtma qilingan, biroq puli to‘lanmagan eski o‘q-dorilar saqlangan.
O‘tgan yilning aprel oyida Chexiya rasmiylari 2014 yilda Vrbetitsa qishlog‘idagi harbiy omborda 150 tonnaga yaqin o‘q-dorilar yo‘q bo‘lib ketishiga sababchi bo‘lgan portlashlarga Rossiya fuqarolarining aloqasi borligini ma’lum qilgan edi. Omborlarni Imex Group xususiy firmasi ijaraga olgan. Chexiya OAVning yozishicha, o‘q-dorilar Ukraina, Suriya va boshqa mamlakatlarga qurol yetkazib bergani aytilayotgan Gebrev kompaniyasiga yuborilishi rejalashtirilgan edi.
Rossiya Vrbetitsadagi portlashlarni uyushtirgani haqidagi ayblovlarni asossiz deb atadi. Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, ayblovlar «bema’ni, chunki ular dalilsiz taqdim etilgan». O‘z navbatida, Chexiya bosh vaziri Andrey Babish portlashlarni «misli ko‘rilmagan terrorchilik harakati» deb atadi.
Mavzuga oid
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
11:27 / 20.01.2026
Bolgariya prezidenti Rumen Radev iste’foga chiqishini e’lon qildi
20:55 / 31.12.2025
Bolgariya 1 yanvardan yevroga o‘tadi
11:19 / 13.12.2025