AQSh RFni mahbuslarni almashish bo‘yicha «jiddiy taklif»ni qabul qilishga chaqirdi
Jon Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Vashington Moskvani mahbuslarni almashish taklifini qabul qilishga undamoqda, chunki u «samimiy» qilingan.
AQSh Rossiyani mahbuslarni almashish bo‘yicha «jiddiy taklif»ni qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda 2 avgust, seshanba kuni Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi bayonot berdi.
«Biz jiddiy taklif qildik» va Rossiya tomonini uni qabul qilishga chaqiramiz, chunki u «samimiy» taklif va Vashington «so‘zini ish bilan mustahkamlashga» qodir, dedi Kirbi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh amerikalik basketbolchi Brittni Grayner va BorgWarner kompaniyasining xavfsizlik bo‘yicha direktori, josuslikda ayblangan Pol Uilanning «uyiga, oilasi yoniga qaytishini» istaydi. Qo‘shma Shtatlar va RF bu masala bo‘yicha «hukumatlararo darajada qat’iy ishlamoqda», deya qo‘shimcha qildi Kirbi. U muzokaralar tafsilotlarini ochiqlashdan bosh tortdi.
Avvalroq, 1 avgust kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per brifingda Rossiya tomoni «jiddiy bo‘lmagan qarshi taklif»ni ilgari surganini aytgandi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh ma’muriyati RFga Rossiyada saqlanayotgan ikki amerikalik - giyohvand moddalar kontrabandasida ayblangan olimpiya chempioni Brittni Grayner va josuslikda ayblangan sobiq dengiz piyoda askari Pol Uilanni AQShda qurol savdosida ayblanib, jazo muddatini o‘tayotgan RF fuqarosi Viktor Butga almashtirishni taklif qilmoqda.
Shu bilan birga, CNN telekanali 29 iyul kuni Moskva AQShdan Grayner va Uilanni Butga almashish bo‘yicha kelishuvga Berlinda sobiq chechen dala qo‘mondoni Zelimxon Xangoshvilini o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan Vadim Krasikovni ham qo‘shishni so‘ragani haqida xabar berdi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, RF bu taklifni FXXning norasmiy kanallari orqali yetkazgan, AQSh esa uni «muammoli» deb hisoblagan, biroq Germaniyaga so‘rov yuborgan.
Moskva ko‘p yillar davomida amerikaliklar va AQSh rasmiy vakillarini o‘ldirish maqsadida til biriktirish, raketa sotib olish va sotishga urinish hamda Kolumbiyaning «Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari» guruhi bilan hamkorlikda terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda aybdor deb topilgan sobiq sovet zobiti Viktor Butni ekstraditsiya qilishni talab qilib keladi. Viktor But 2012 yilda 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Vadim Sokolov nomiga olingan soxta pasport bilan sayohat qilgan rossiyalik Vadim Krasikov Berlindagi Kichik Tirgarten bog‘ida Zelimxan Xangoshvilini o‘ldirgan va tez orada Germaniya politsiyasi tomonidan hibsga olingan. U umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, ayblov esa qotillik Rossiya davlat idoralarining talabiga binoan siyosiy sabablarga ko‘ra sodir etilganini bildirdi. Xangoshvili 2000-2004 yillarda ikkinchi chechen urushida rus armiyasiga qarshi kurashgan va Moskva unga dushman sifatida qaragan. Qotillikdan so‘ng RF prezidenti Vladimir Putin u Moskva metrosidagi portlashlar tashkilotchisi ekanini aytdi, ammo hech qanday dalil keltirmadi.
Mavzuga oid
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024