07:25 / 05.08.2022
4089

O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdi 

Termiz shahriga yetib kelgan Tojikiston harbiy delegatsiyasi kutib olinib, «Hamdo‘stlik-2022» birgalikdagi o‘quvi jarayonlari boshlab yuborildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, tantanali ochilish marosimidan keyin Termiz umumqo‘shin dala-o‘quv maydoni o‘quv nuqtalarida va to‘siqlar yo‘laklarida o‘zbek harbiy xizmatchilari tomonidan ko‘rgazmali mashqlar bajarildi. 

Mashqlar jarayonida harbiylar yaqin masofada jang olib borish, yaradorlarni evakuatsiya qilish, shartli dushman hujumini qaytarish kabi amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. 

Qayd etilishicha, ushbu mashqlarni kuzatish jarayonida tojikistonlik harbiylar ham o‘zlarini sinab ko‘rishdi.

Top