Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda 4 kishi halok bo‘ldi
Qashqadaryo viloyatida yashovchi haydovchi Isuzu yuk mashinasi rulida uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan va ro‘paradan kelayotgan Nexia-2 bilan to‘qnashgan. Oqibatda Nexia-2dagi 4 kishi halok bo‘lgan.
5 avgust kuni 4R-36 Jizzax-Forish avtomobil yo‘lining Forish tumani hududidan o‘tgan 46-kilometrida mudhish YTH ro‘y berdi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 1976 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi shaxs boshqaruvidagi Isuzu Jizzax–Forish yo‘nalishda harakatlanib ketayotganda haydovchi uxlab qolgan.
Natijada yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan, Forish tumanida yashovchi shaxs boshqaruvidagi Nexia-2 mashinasiga urilgan.
Oqibatda Nexia-2 haydovchisi va unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan uch nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
UPD. Jizzax viloyati IIB axborot xizmati Kun.uz'ga voqeada dastlabki xabarda aytilganidek 5 kishi emas, 4 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
08:53 / 18.03.2026
Dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan gazchilar ushlandi
12:21 / 14.03.2026
Mansab vakolatini suiiste’mol qilgan hokimlik xodimlari fosh etildi
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026