Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Norov Buyuk Britaniya elchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligining mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Tim Torlotni qabul qildi.
Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ta’lim va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, innovatsiyalar, energetika, «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirish kabi yo‘nalishlardagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Buyuk Britaniya hukumati Afg‘oniston mavzusi bo‘yicha O‘zbekiston tomoni bilan ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan manfaatdorligi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026