Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy armiyasi Tayvan oroliga hujum qilish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi – Taybey
Tayvan tomoni Xitoy armiyasini ratsiya orqali ogohlantirgan, havo hujumidan mudofaa majmualari Xitoy harbiy samolyotlarini nishonga olgan.
Foto: Anadolu Agency
Xitoy armiyasi yaqinda boshlangan harbiy mashg‘ulotlarning uchinchi kunida Tayvan oroliga hujum qilish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi.
Tayvan mudofaa vazirligining xabar berishicha, Tayvan bo‘g‘ozidagi operatsiyaga Xitoy xalq-ozodlik armiyasining ko‘plab harbiy samolyotlari va kemalari jalb etilgan. Ularning ayrimlari shartli «ajratib turuvchi chiziq»ni kesib o‘tgan.
Tayvan tomoni Xitoy armiyasini ratsiya orqali ogohlantirgan, havo hujumidan mudofaa majmualari Xitoy harbiy samolyotlarini nishonga olgan.
Shuningdek, Tayvan nazorati ostidagi Kemoy oroli ustidan Xitoy armiyasiga tegishli to‘rtta dron uchib o‘tgani xabar qilindi.
Tayvan armiyasi ogohlantiruvchi signal raketalarini uchirgan.
Kemoy oroli Xitoy sohilidan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Avvalroq Tayvan mudofaa vazirligi orol atrofida 68ta harbiy samolyot va 13ta harbiy kema kuzatilganini xabar qilgandi.
Bundan tashqari, Xitoydan uchirilgan 11ta boshqariluvchi raketa Tayvan o‘z «hududiy suvlari» deb hisoblaydigan hududga tushgan.
Xitoyning harbiy mashg‘ulotlari 7 avgustgacha davom etadi. Mashg‘ulotlar bois tevarak-atrof kemalar va samolyotlar harakati uchun yopilgan.
Mavzuga oid
23:16 / 10.04.2026
Dunyodagi eng baland osmono‘par binolardan biri 18 yillik tanaffusdan so‘ng qurib bitkaziladi
21:28 / 10.04.2026
Tayvan muxolifati yetakchisi Pekinda Si Jinping bilan uchrashdi
08:10 / 09.04.2026
Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?
07:45 / 09.04.2026