Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Test o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilindi
Davlat test markazi saytiga 2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.
Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
- test sinovi o‘tkaziladigan hudud rasmi;
- hududga kirish joylari;
- test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
- test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
- sektor raqami;
- test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
- joylarning Google xaritadagi geolokatsiyasi.
Test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar: dtm.uz/page/test_2022.
Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.
Mavzuga oid
11:26 / 21.05.2026
«Bunyodkor» stadioni ishchilarining oyligi undirib berildi
00:43 / 19.03.2026
Saudiya Arabistonida zamonaviy texnologiyalar asosidagi ulkan stadion qurilmoqda
17:41 / 11.02.2026
2026 yilgi test imtihonlarida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
20:14 / 11.11.2025