«Bunyodkor» stadioni direksiyasining bir guruh xodimlari oyliklari 2025 yilning dekabr oyidan buyon keçikayotgani sababli oğir iqtisodiy ahvolda qolganidan şikoyat qilib, Kun.uz’ga murojaat qilgandi. Davlat mehnat inspeksiyasi stadion işçilariga şu paytgaça tölanmagan oyliklari töliq undirib berilgani haqida xabar berdi.
Ta’kidlanişiça, «Bunyodkor» stadioni binolari va inşootlaridan foydalaniş direksiyasi» korxonasining 49 nafar xodimiga jami 867 mln sömlik iş haqi undirib berilgan.
Hozirda xodimlar oldida iş haqi böyiça qarzdorlik mavjud emasligi qayd etilgan. Öz navbatida xodimlarga qaysi manbadan maoşlar tölab berilgani oçiqlanmagan.
Oyliklar keçikişiga nima sabab bölgandi?
Şu paytgaça «Bunyodkor» direksiyasi xodimlarini moliyalaştiriş 2018 yildagi prezident qarori asosida «Özbekneftgaz» tomonidan amalga oşirilgan. Ammo joriy yildan boşlab vaziyat birdan özgardi. Gaz qazib oliş körsatkiçlarining muttasil kamayib borayotgani va qator tizimli muammolar fonida «Özbekneftgaz» 2026 yil 1 yanvardan «Nasaf», «Buxoro» va «Bunyodkor» klublariga pul ajratişni töxtatdi. Kompaniya sohaga oid bölmagan aktivlarni tasarrufdan çiqariş, homiylik tölovlari hamda xarajatlarni maqbullaştirişini e’lon qildi. Öz navbatida Superliga klublarining har biriga davlat budjetidan 2026 yilda 35 mlrd sömdan, 2027 yilda 30 mlrd sömdan, 2028 yilda esa 25 mlrd sömdan mablağ ajratiladigan böldi. Ya’ni şu paytgaça «Özbekneftgaz» qaramoğida bölgan «Nasaf», «Buxoro» va «Bunyodkor» klublariga muqobil manbalardan pul berilyapti, ammo «Bunyodkor» direksiyasini moliyalaştiriş haligaça noaniq bölib qolyapti. Bu esa yuzlab işçilarning oyliksiz qolib ketişiga sabab böldi.










