Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Tayvan atrofida harbiy mashqlarni davom ettirmoqda
Xitoy harbiy qo‘mondonligining ma’lum qilishicha, Tayvan qirg‘oqlari yaqinidagi muntazam manyovrlar chog‘ida kemalarga qarshi va dengiz hujumi amaliyotlari o‘tkazilmoqda. Dastlab, mashg‘ulotlar 7 avgustga qadar rejalashtirilgan edi.
Foto: Getty Images
Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi (XXOA) 8 avgust, dushanba kuni Tayvan oroli atrofidagi dengiz va havo hududida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni davom ettirdi. XXOA jangovar qo‘mondonligining Sharqiy hududi bayonotiga ko‘ra, ushbu mashg‘ulotlar doirasida «kemalarga qarshi va dengiz kuchlarining qo‘shma hujum operatsiyalarini tashkil etish» ishlab chiqilmoqda.
Bundan tashqari, Pekin Janubi-Xitoy va Sariq dengizlarda jangovar otishma mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Mashqlar qachon tugashi haqida xabar berilmagan. Dastlab ular 7 avgustda tugashi kerak edi.
Tayvan Tashqi ishlar vazirligi Xitoyning mashqlarni uzaytirish qarorini qoralab, mamlakat ataylab inqiroz keltirib chiqarayotganini ma’lum qildi. Idora Pekinga harbiy harakatlarni to‘xtatish talabi bilan chiqdi.
4 avgust kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi orolga tashrif buyurganidan keyin Xitoy harbiy mashg‘ulotlari Tayvan atrofidagi oltita hududda boshlandi. XXOA Sharqiy jangovar qo‘mondonlik zonasi ma’lum qilishicha, manyovrlar Xitoy armiyasining quruqlikdagi nishonlarga zarba berish va dengiz hujumlarini amalga oshirish qobiliyatini sinab ko‘rish uchun mo‘ljallangan.
Xitoy Mudofaa vazirligi matbuot kotibi U Tsyan 8 avgust kuni bu manyovrlar AQSh va Tayvan uchun «kerakli ogohlantirish» ekanligini aytdi. Bu ularning provokatsiyalariga «adolatli va o‘rinli» javob, dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Tayvan bo‘g‘ozidagi hozirgi keskin vaziyatni «ataylab» yaratgan va Pekin noroziligiga qaramay Pelosining orolga tashrif buyurishini tashkil qilgan.
Mavzuga oid
18:06 / 05.01.2026
O‘zbekiston JST a’zosi bo‘lish uchun faqat bir davlat bilan muzokarani yakunlashi qoldi
19:42 / 29.12.2025
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
13:56 / 29.12.2025
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
19:11 / 28.12.2025