Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroportida taksi xizmati bo‘yicha yangi tartib joriy etilmoqda
Joriy qilinayotgan tartibga ko‘ra, uchib kelgan yo‘lovchilar zalda joylashgan taksi xizmati oldiga kelishadi va manzilni aytib, to‘lovni naqd yoki karta orqali amalga oshiradi.
Foto: Kun.uz
2017 yildan buyon yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat yuritib kelayotgan «Bobur Diyor» kompaniyasi poytaxt aeroportida taksi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha elektron auksion g‘olibi bo‘ldi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, kompaniya avtoparkida faqat benzinda ishlaydigan mahalliy va xorijiy 100 dan ortiq avtomobillar mavjud. Bu buyurtmachining auksion doirasidagi asosiy talablaridan biri bo‘ldi.
Joriy qilinayotgan tartibga ko‘ra, uchib kelgan yo‘lovchilar zalda joylashgan taksi xizmati oldiga kelishadi va manzilni aytib, to‘lovni naqd yoki karta orqali amalga oshiradi. Taksi xizmati dispetcheri yo‘lovchi manzili va «to‘lov amalga oshirildi» degan belgi ko‘rsatilgan kvitansiya beradi. Yo‘lovchi terminaldan chiqib, qatordagi birinchi mashinaga o‘tiradi va haydovchiga chekni beradi. Yo‘lovchi terminal ichidagi peshtaxtani chetlab o‘tib, taksi xizmatidan haydovchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri pul to‘lash orqali foydalanishi ham mumkin.
Kompaniya tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tashuvchi transport xizmatlari to‘liq spektrini ko‘rsatish bo‘yicha 5 yillik tajribaga ega: aeroportlar va vokzallarda kutib olish/kuzatish; tez yetkazib berish; vip-taksi, mikroavtobus va avtobuslarda xizmat ko‘rsatish.
Aeroport yo‘lovchilarini tashish tariflari, shuningdek, kelish zalida o‘rnatiladigan taksi to‘xtash joyi dizaynini transport kompaniyasi Uzbekistan Airports bilan kelishib oladi.
Mavzuga oid
19:43 / 15.11.2025
Andijonda zargarlik buyumlarini ichki a’zolariga yashirib olib kirmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga tushdi
11:37 / 13.11.2025
Toshkent aeroporti: shirinlik qadoqlaridan 322 dona dori chiqdi
18:36 / 12.11.2025
Toshkent xalqaro aeroporti uchib kelish zalida E-Gate tizimi ishga tushirildi
19:21 / 10.11.2025