2017 yildan buyon yölovçi taşiş sohasida faoliyat yuritib kelayotgan «Bobur Diyor» kompaniyasi poytaxt aeroportida taksi xizmatlarini körsatiş böyiça elektron auksion ğolibi böldi.
Uzbekistan Airports xabariga köra, kompaniya avtoparkida faqat benzinda işlaydigan mahalliy va xorijiy 100 dan ortiq avtomobillar mavjud. Bu buyurtmaçining auksion doirasidagi asosiy talablaridan biri böldi.
Joriy qilinayotgan tartibga köra, uçib kelgan yölovçilar zalda joylaşgan taksi xizmati oldiga kelişadi va manzilni aytib, tölovni naqd yoki karta orqali amalga oşiradi. Taksi xizmati dispetçeri yölovçi manzili va «tölov amalga oşirildi» degan belgi körsatilgan kvitansiya beradi. Yölovçi terminaldan çiqib, qatordagi birinçi maşinaga ötiradi va haydovçiga çekni beradi. Yölovçi terminal içidagi peştaxtani çetlab ötib, taksi xizmatidan haydovçiga töğridan töğri pul tölaş orqali foydalanişi ham mumkin.
Kompaniya tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, taşuvçi transport xizmatlari töliq spektrini körsatiş böyiça 5 yillik tajribaga ega: aeroportlar va vokzallarda kutib oliş/kuzatiş; tez yetkazib beriş; vip-taksi, mikroavtobus va avtobuslarda xizmat körsatiş.
Aeroport yölovçilarini taşiş tariflari, şuningdek, keliş zalida örnatiladigan taksi töxtaş joyi dizaynini transport kompaniyasi Uzbekistan Airports bilan kelişib oladi.












