Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vadim Abramov «Dinamo» bosh murabbiyi etib tayinlandi
Bugun, 9 avgust kuni «Dinamo» PFKda klub rahbariyati va jamoa a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Samarqand klubi matbuot xizmati.
«Unda jamoaning Superligadagi qoniqarsiz natijalari sababli Andrey Shipilov o‘z arizasiga binoan klub bilan do‘stona xayrlashgani ma’lum qilindi. Klub rahbariyati va homiylari yangi bosh murabbiy sifatida taniqli mutaxassis, O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq ustozi Vadim Abramov taklif etilganini e’lon qilib, futbolchilarga rasman tanishtirildi», - deyiladi klub xabarida.
Ma’lumot uchun, 59 yoshli mutaxassis hozirga qadar «Traktor», «Lokomotiv», «Neftchi», «Bunyodkor» klublari, O‘zbekiston olimpiya va milliy jamoasida faoliyat yuritgan. Vadim Karlenovich 2019-2021 yillar davomida O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib, milliy jamoamiz JCh-2022 uchinchi saralash bosqichiga chiqa olmagani sababli O‘FA tomonidan iste’foga chiqarilgandi.
Mavzuga oid
23:58 / 06.07.2025
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
14:08 / 13.05.2024
«Yosh o‘yinchilar mashg‘ulotga ham qatnay olmayapti». Samarqandga futbol kerak emasmi?
18:38 / 05.01.2024