Jahon | 14:36 / 10.08.2022
18345
6 daqiqa o‘qiladi

Ovqat uchun navbatlar, har kuni o‘qqa tutilayotgan shaharlar. Urush suratlari

9 avgust kuni Qrimdagi Novofedorovkada rossiyaliklar aviabazasida portlashlar sodir bo‘ldi. 14 kishi yaralanib, bir kishi halok bo‘lgan. RF mudofaa vazirligi o‘q-dorilar detonatsiyaga uchraganini aytmoqda, Ukraina hukumati bu zarba uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi. «LXR» rasmiylari urushga qadar 20 ming kishi yashagan Popasnaya shahrini tiklab bo‘lmasligini ma’lum qilishdi. Shahar may oyidagi janglar chog‘ida butkul vayronaga aylangan. Amerikalik aktyor Stiven Sigal baraklaridan biridagi portlash tufayli 53 kishi halok bo‘lgan Olenivkadagi ukrainalik harbiy asirlar uchun lager hududiga tashrif buyurdi. Bu yerga LDPR yetakchisi Leonid Slutskiy ham KXDR va Nikaraguadan bo‘lgan «xalqaro ekspertlar» bilan birga keldi.

Quyida 9 avgust, urushning 167-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Qrim

Qrimdagi Novofedorovka posyolkasida rossiyaliklar aviabazasida ko‘tarilgan tutun. 9 avgust kuni posyolka yaqinida joylashgan aviabazada portlashlar bo‘ldi. 14 kishi yaralanib, bir kishi halok bo‘lgan. Internetda bazadagi samolyotlar yonayotgani aks etgan videolar paydo bo‘ldi.
Reuters / Scanpix / LETA
Novofedorovkadagi portlashdan keyin turar joy binolaridagi derazalar sinib ketgan. Ushbu posyolka Yevpatoriyadan 30 kilometr masofada joylashgan. Foto: Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya harbiy aviabazasida tutun ko‘tarilishi fonida Novofedorovkadagi plyajda dam olayotganlar
Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

«LXR» nazoratiga o‘tgan Rubejnoye shahridagi ko‘cha. Shahar may oyidayoq Rossiya armiyasi va «LXR» kuchlari tomonidan egallangandi. Ukraina nashrlari yozishicha, janglar vaqtida halok bo‘lgan tinch aholi vakillarining jasadlari ko‘chalarda avgust oyiga qadar yotgan.
Aleksandr Reka / TASS
Rubejnoye ko‘chalaridan biridagi e’lonni o‘qiyotgan ayol. Ukrain partizanlari rossiyaparast rasmiylarga tahdidlar bitilgan e’lonlar tarqatishmoqda. Foto: Aleksandr Reka / TASS
Ukrainalik qutqaruvchi Baxmutda rossiyaliklar zarbasi vaqtida yaralangan kishiga yordam ko‘rsatmoqda. Baxmut va uning yaqinidagi Soledar har kuni o‘qqa tutiladi, front chizig‘i shaharga juda yaqin joylashgan.
Diego Herrera C​arcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Severskdagi vayron bo‘lgan uy fonidagi ukrain harbiysi. Urushga qadar shaharda 10 ming atrofida odam yashagan, ammo bir oydan ortiq davom etayotgan shiddatli janglardan vaqtida shahar vayronaga aylandi. «DXR» iyul oyidayoq shahar to‘liq qurshab olinganini e’lon qilgandi. Ammo gumanitar yordam tarqatayotgan ukrain ko‘ngillilari 8 avgust kuni ham shahar ichkarisiga yetib borishayotgandi.
Kostyantin і Vlada Lіberovi
Qutqaruvchilar Baxmut o‘qqa tutilishi vaqtida yaralangan mahalliy aholi vakiliga yordam bermoqda.
Diego Herrera C​arcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Pess

Zaporijjya

Zaporijjya aholisi gumanitar yordam olmoqda. Oblastning rossiyaliklar tomonidan egallab olingan qismidagi yangi rahbariyat hududni Rossiyaga qo‘shish bo‘yicha referendum o‘tkazishga tayyorlanmoqda, Zaporojjya markazi esa Ukraina nazoratida qolmoqda.
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Zaporijjyaliklar gumanitar yordamga navbatda turibdi
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Mikolayiv 

66 yoshli Natalya Gimza Mikolayivdagi qochqinlarni vaqtincha joylashtirish markazi. Natalyaning Mikolayiv oblasti Ukrainka qishlog‘idagi uyi rossiyalik harbiylar zarbasidan vayron bo‘lgan.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Mikolayivdan 10 kilometr masofada joylashgan Vesnyanoye qishlog‘i atrofidagi dala maydonida ko‘tarilgan tutun. 9 avgust kuni rossiyalik harbiylar shahar atrofidagi hududlarni o‘qqa tutdi, turar joy binolari shikastlangan, jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Stanislav Kozliuk / Reuters / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchilar rossiyaliklar zarbasidan keyin Vesnyanoye atrofida o‘t ketgan o‘rmondagi olovni o‘chirmoqda
Stanislav Kozliuk / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyev oblasti

 

Irpindagi «avtomobillar qabristoni» yonida turgan qiz. Bu yerda mahalliy aholi rossiyalik harbiylar kelgach shahardan chiqib ketmoqchi bo‘lgan avtomobillar keltirilgan. Evakuatsiya chog‘ida rossiyalik harbiylar fuqarolarning avtomobillarini o‘qqa tutganiga guvohliklar bor.
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA

Buchadagi tobutlar va qabrlar, bu yerda Rossiya ishg‘oli chog‘ida halok bo‘lganlarning jasadlarini aniqlash va ko‘mish davom etmoqda. Bir oy davom etgan ishg‘ol chog‘ida , mahalliy rasmiylarga ko‘ra, 458 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘lgan.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
272 raqamli xoch, u Rossiya ishg‘oli chog‘ida halok bo‘lgan noma’lum kishi qabri ustiga o‘rnatiladi. 9 avgust kuni Buchada 14 kishi dafn qilindi.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid