O‘zbekiston | 12:26 / 11.08.2022
5811
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda Cobalt mashinasi yonib ketdi

Jizzax shahridagi chorrahalardan birida Nexia mashinasi Cobalt’ning orqa tomonidan kelib urgan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 10 avgust kuni soat 22:00 larda, 4R 38 avtomobil yo‘lining Jizzax shahar “Olmazor” MFY hududidan o‘tuvchi 19-kilometrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida Cobalt mashinasi yonib ketgan.

Sh.Rashidov tumani “Paxtaobod” QFYda yashovchi haydovchi Nexia mashinasini boshqarib kelayotib, Uchtepa-Jizzax yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib “Zilol” MFY chorrahasidan chapga qayrilib olayotgan, Sh.Rashidov tumani “Paxtaobod” QFYda yashovchi haydovchi boshqaruvidagi Cobalt mashinasining orqa tomonidan urgan. Oqibatda Cobalt mashinasida yong‘in kelib chiqqan va u to‘liq yonib ketgan.

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda o‘zaro to‘qnashgan ikkita yuk mashinasi yonib ketgandi.

Mavzuga oid