Jahon | 22:26 / 12.08.2022
13053
1 daqiqa o‘qiladi

Chernogoriyada sodir bo‘lgan otishmada 11 kishi halok bo‘ldi

Politsiyaning ma’lumot berishicha, u shahar ko‘chalarida yo‘lovchilarga o‘q uzgan va jabrlanganlarga shifokorlar yordam berishiga yo‘l qo‘ymagan.

Foto: AP

Chernogoriyaning Tsetina shahrida 34 yoshli erkak 11 kishini otib o‘ldirdi va olti kishini yaraladi. Bu haqda RTCG portali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, erkak otishma chog‘ida halok bo‘lgan.

Politsiyaning ma’lumot berishicha, u shahar ko‘chalarida yo‘lovchilarga o‘q uzgan va jabrlanganlarga shifokorlar yordam berishiga yo‘l qo‘ymagan.

Portal u politsiya tomonidan otib o‘ldirilganmi yoki o‘z joniga qasd qilganmi, aniqlik kiritmagan. OAVning yozishicha, uning otishma sodir etishiga maishiy nizo sabab bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid