Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish dasturi e’lon qilindi
“Maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
2022-2026 yillarda xalq ta’limida maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha dastur tasdiqlanadi.
Quyidagilar dastur asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- to‘garaklarga malakali mutaxassislarni jalb etish va to‘garak rahbarlari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va “Bolalar kutubxonalari” kutubxonachilari malakasini muntazam ravishda oshirish;
- “Barkamol avlod” bolalar maktablari xodimlari va to‘garak rahbarlari ish haqini bosqichma-bosqich oshirish;
- xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda mashg‘ulotlar jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirish;
- zamonaviy to‘garaklar, xususan STEAM–ta’lim bo‘yicha to‘garak rahbarlari uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalar va ko‘rgazmali vositalarni yaratish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktablari kutubxonalarini o‘quvchilar dunyoqarashini oshirishga, ijodiy fikrlashga o‘rgatadigan qo‘shimcha adabiyotlar bilan ta’minlash;
- milliy va jahon adabiyotlarini qardosh tillarga tarjima qilish va markazlashgan holda nashr etish;
- “Bolalar kutubxonalari” va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun jahon va milliy adabiyot durdonalariga kiruvchi asarlar audiokitob shakllarini yaratish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktablari va “Barkamol avlod” bolalar maktablarida zamonaviy to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
- mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan xalqaro ko‘rik-tanlovlarda g‘olib bo‘lgan to‘garak a’zolarini rag‘batlantirish tizimini joriy etish;
- “Barkamol avlod” bolalar maktablari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
- ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy to‘garaklarni zarur jihozlar bilan ta’minlash;
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalariga “Elektron kutubxona” tizimini joriy qilish, kutubxonalarda Wi-Fi zonalarini tashkil etish.
Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 1 sentabrga qadar xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda zamonaviy, xususan STeAM–ta’lim bo‘yicha to‘garaklar o‘quv-metodik ta’minotini yaratadi hamda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etadi.
Har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari” tomonidan 5 ta muhim tashabbus, kitobxonlik va boshqa ijodiy ko‘rik-tanlovlar, festivallarini o‘tkazish bo‘yicha kalendar reja ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
10:30
USAID O‘zbekistonda ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratdi
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
19:16 / 11.09.2024
Har bir kambag‘al oilaning kamida bir a’zosi oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi
21:41 / 06.09.2024