Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkekdagi otishmada ikki nafar o‘zbekistonlik ishtirok etdi
7 avgust kuni Bishkekning Karmanskiy ko‘chasida otishma sodir bo‘ldi, natijada bir kishi o‘qdan tan jarohati oldi.
Akipress xabariga ko‘ra, Bishkek shahar IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 37-122-moddasi (qotillikka suiqasd) bo‘yicha jinoyat sodir etishda gumonlanuvchilarni qidirmoqda.
Gumonlanuvchilar orasida:
- Stepanov Nikolay Nikolayevich (1999 yilda tug‘ilgan), Bishkek shahridan;
- Stepanov Lev Viktorovich (1994 yilda tug‘ilgan), o‘zbekistonlik;
- Qalandarov Gennadiy Gennadiyevich (1993 yilda tug‘ilgan), o‘zbekistonlik.
Otishma haqida 8 avgust kuni ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Qirg‘iziston poytaxti g‘arbida sodir bo‘lgan. Range Rover mashinasini boshqarayotgan erkak noma’lum quroldan o‘q uzgan va keyin qochib ketgan.
Mavzuga oid
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:47 / 19.05.2026
San-Diyegodagi masjidda otishma: besh kishi halok bo‘ldi
09:26 / 05.05.2026