O‘zbekiston | 18:07 / 15.08.2022
6864
2 daqiqa o‘qiladi

Boshqirdiston bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Boshqirdiston bosh vaziri Andrey Nazarov hozir O‘zbekistonda ekanligini ma’lum qildi.

Foto: Telegram / agnazarov

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda nafaqat dam olish, balki ishlash ham mumkin.

«O‘zbekistonda nafaqat dam olish, balki ishlash ham mumkin. Muzokaralar uchun mavzular yetarli – shaharlarimiz o‘rtasidagi aviaqatnovlar, sarmoyalar, tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish», — deb yozdi u Telegram-kanalida.

18 may kuni O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lgan Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashgan edi. 

Boshqirdiston hududida O‘zbekiston kapitali ishtirokida 56 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ular savdo va umumiy ovqatlanish, qurilish va kommunal xo‘jalik, ko‘chmas mulk oldi-sotdisi, yuridik xizmat ko‘rsatish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, mebel, qog‘oz mahsulotlari, sanoat asbob-uskunalari, metall buyumlar, to‘qimachilik, yog‘ochsozlik va transport kabi sohalarda band. 

2021/2022 o‘quv yilida respublika oliy o‘quv yurtlarida 900 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgandi.

2021 yilda Boshqirdiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 113,3 mln dollarni tashkil etdi, shundan 86 foizi eksportga to‘g‘ri keladi. 

Mavzuga oid