Sterlitamak neft-kimyo zavodida 4 noyabrga ötar keçasi portlaş yuz berdi. Bu haqda Sterlitamak şahar ma’muriyati raisi Emil Şaymardanov ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, portlaş suv tozalaş sexida röy bergan. «Tsexda 5 kişi işlayotgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, heç kim jabrlanmagan», — deb yozdi Şaymardanov va portlaş sabablari örganilayotganini qöşimça qildi.

Keyinroq respublika rahbari Radiy Xabirov Sterlitamak sanoat majmuasi ikkita dron hujumiga uçraganini, dronlar urib tuşirilganini bildirdi. «Dron parçalari yordamçi sex hududiga tuşgan. Halok bölganlar va jarohatlanganlar yöq, korxona odatiy tartibda işlayapti», — deb yozdi Xabirov 4 noyabr kuni tongda.

Xuddi şu keçasi Nijniy Novgorod viloyatining Kstovo şahrida ukrain dronlari hujumini qaytariş çoğida 9 tadan 12 tagaça portlaş ovozi eşitilgani haqida mahalliy aholiga tayangan SHOT Telegram-kanali xabar berdi.

Bundan taşqari, ukrain OAVda UQK dronlari Kstovadagi «Lukoyl-Nijyegorodnefteorgsintez» NQZga zarba bergani haqida ma’lumot tarqatildi. Astra Telegram-kanali esa ehtimoliy portlaşlar videosini e’lon qildi.

Kursk viloyatida Rilsk şahridagi podstansiyaga UQK zarbasi natijasida 16 mingdan ortiq iste’molçi elektr ta’minotisiz qolgani ma’lum qilindi, dedi hudud gubernatori Aleksandr Xinşteyn.