O‘zbekiston | 10:07 / 17.08.2022
7745
1 daqiqa o‘qiladi

Chimyonda adashib qolgan besh kishi FVV tomonidan qutqarildi

Fuqarolar xavfsizligi ta’minlangan holda psixologik yordam ko‘rsatilib, tog‘ cho‘qqisidan olib tushilgan. 

Foto: FVV matbuot xizmati

Kecha, 16 avgust taxminan soat 13:50 fuqaro D.G. Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga bergan xabariga ko‘ra, 15 avgust kuni u Bo‘stonliq tumani Chimyon tog‘ tizmasiga sayr qilish maqsadida 5 nafar nabirasi bilan borgan va yo‘ldan adashganini ma’lum qilib, amaliy yordam so‘ragan.

Xabarga asosan, zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlariga Chimyon otryadi alpinist qutqaruvchilari jalb qilingan. Qutqaruvchilar tomonidan aholi punktidan 15 km uzoqlikda bo‘lgan Mozorsoy va Teshiktosh tog‘lari hududi bo‘ylab olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida, fuqarolar 16 avgust kuni soat 18:20 da topilgan.

Ushbu fuqarolar xavfsizligi ta’minlangan holda psixologik yordam ko‘rsatilib, tog‘ cho‘qqisidan olib tushilgan. 

Fuqarolarning sog‘liqlar yaxshi, ularga hech qanday tan jarohatlari yetmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid