Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhammad ibn Salmon Ka’baning ichini yuvib chiqdi
Saudiya Arabistoni qirolligi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon muqaddas Ka’batullohning ichini yuvib chiqdi. 37 yoshli shahzoda marosimda otasi qirol Salmon ibn Abdul Aziz Ol Saud o‘rniga ishtirok etdi.
Muhammad ibn Salmon yuvish marosimini boshlashdan avval Ka’bani tavof qildi. Avval Ka’ba oldida, keyin ichida namoz o‘qidi. Shundan so‘ng hamrohlari sport vaziri Abdulaziz ibn Turkiy al Faysal va Ikki muqaddas masjid ishlari bo‘yicha raislik rahbari Shayx Abdurahmon Sudais bilan islom olamining qiblasi bo‘lmish Ka’batullohni yuvib chiqdi.
Odatda Ka’baning ichini Saudiya qiroli va uning ikki vakili yuvib chiqishadi. Bu gal qirol o‘rniga valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon qatnashdi. Undan keyin marosimda Saudiyadagi musulmon davlatlari vakillari ham ishtirok etgani aytildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun kunning birinchi yarmida Saudiyaga jo‘nab ketdi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026