O‘zbekiston | 10:53 / 18.08.2022
5064
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlat nomi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston eksportidagi yetakchi 10 ta davlat ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 1,5 mlrd dollar.

Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 1,5 mlrd dollar va 1 mlrd dollarlik mahsulotlar sotilgan Xitoy va Turkiya joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega: 

  • Qozog‘iston – 757 mln;
  • Qirg‘iziston – 529 mln;
  • Afg‘oniston – 415 mln;
  • Tojikiston – 257 mln;
  • Turkmaniston – 133 mln; 
  • Kanada – 105 mln;
  • Eron – 100 mln AQSh dollari.

Mavzuga oid