O‘zbekiston | 08:40 / 20.08.2022
5047
1 daqiqa o‘qiladi

Ummonda O‘zbekiston savdo maydonchasini ochish rejalashtirilmoqda

Masqat shahrida Ummon savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Masqatdagi elchixonasi tomonidan Ummon Savdo-sanoat palatasi ijrochi direktori Al-Fazal al-Hinaiy bilan uchrashuv uyushtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Al-Fazal al-Hinaiy mamlakat keng iqtisodiy imkoniyatlarini inobatga olgan holda Ummon ishbilarmon doiralari vakillari e’tiborini O‘zbekistonga qaratish borasida ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Al-Hinaiy O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi bilan hamkorlik o‘rnatish va mamlakat savdo maydonchasini ochish nafaqat Ummon bilan, balki qo‘shni Fors ko‘rfazi va G‘arbiy Afrika davlatlari bilan ham savdo-sotiq munosabatlarini kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Hamkorlik dastlabki qadami sifatida ikki mamlakat mutaxassislari ishtirokida onlayn muloqot o‘tkazish hamda Ummonda O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etish muhimligi qayd etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid