Özbekistonning Masqatdagi elçixonasi tomonidan Ummon Savdo-sanoat palatasi ijroçi direktori Al-Fazal al-Hinaiy bilan uçraşuv uyuştirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Al-Fazal al-Hinaiy mamlakat keng iqtisodiy imkoniyatlarini inobatga olgan holda Ummon işbilarmon doiralari vakillari e’tiborini Özbekistonga qaratiş borasida kömak körsatişga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Al-Hinaiy Özbekiston tovar-xomaşyo birjasi bilan hamkorlik örnatiş va mamlakat savdo maydonçasini oçiş nafaqat Ummon bilan, balki qöşni Fors körfazi va Ğarbiy Afrika davlatlari bilan ham savdo-sotiq munosabatlarini kengaytirişga xizmat qilişini ta’kidladi.
Hamkorlik dastlabki qadami sifatida ikki mamlakat mutaxassislari iştirokida onlayn muloqot ötkaziş hamda Ummonda Özbekiston mahsulotlari körgazmasini taşkil etiş muhimligi qayd etildi.












