Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga sayohat qiluvchi rossiyaliklar soni keskin oshdi
Oxirgi to‘rt oyda O‘zbekistonga borganlar soni butun 2021 yil davomida borganlar (190 ming nafar) sonidan oshib ketgan.
Foto: KUN.UZ
Rossiyalik turoperatorlar O‘zbekistonga sayohat qiluvchilar soni sezilarli darajada oshganini qayd etdi.
Ma’lumot berilishicha, aprel oyida O‘zbekistonga Rossiyadan 29 ming nafar sayyoh kelgan bo‘lsa, may oyida ularning soni 47,5 ming nafarga yetgan.
Iyunda 53 mingdan, iyulda esa 61 mingdan ortiq rossiyalik sayyoh O‘zbekistonga borgan.
Oxirgi to‘rt oyda O‘zbekistonga borganlar soni butun 2021 yil davomida borganlar (190 ming nafar) sonidan oshib ketgan.
Turoperatorlarning ta’kidlashicha, bunga qator omillar: to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarning mavjudligi, kovid cheklovlari, viza va til to‘siqlarining yo‘qligi, arzon narxlar hamda Visa va Mastercard kartalarini rasmiylashtirish imkoni borligi sabab bo‘lgan.
O‘zbekistonga yo‘l olgan turistlar asosan Samarqand va Buxoroga borishni ma’qul ko‘rmoqda. Turoperatorlar qish faslida Chimyon va Amirsoyga turlar tashkil etishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
16:55
“Jangda o‘layotgan hamyurtlarimiz juda ko‘p” - Ukrainadagi urushdan qochishga muvaffaq bo‘lgan yigit hikoyasi
16:47
Kaya Kallas: “Jazosizlik bo‘lmasligi kerak” - YeI tribunalga 10 mln o‘tkazdi
16:30
Prezident Xastimom mahallasidagi turistik obektlarda bo‘ldi
14:08