07:31 / 25.08.2022
20000

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi

23 avgust kuni talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, 23 avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishi mumkin:

my.dtm.uz saytining «O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish» bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;

mandat.dtm.uz saytining «O‘qishni ko‘chirish-2022» bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda;

Davlat test markazi quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda («O‘qishni ko‘chirish 2022» bo‘limidan): @e_dtm_mandatbot; @e_dtm_mandat1bot; @e_dtm_mandat2bot; @e_dtm_mandat3bot; @e_dtm_mandat4bot;

talabgor ruxsatnomasi quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan (topshiradigan) talabgorlar natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markazi taqdim etilgandan so‘ng e’lon qilinadi.

Top