Davlat test markazi xabariga köra, 23 avgust kuni test sinovida iştirok etgan talabgorlar öz natijalarini 4 xil usulda bilişi mumkin:

my.dtm.uz saytining «Öqişni köçiriş (xorijdan) Natijani oliş» bölimidan pasport seriyasi va raqami hamda şaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;

mandat.dtm.uz saytining «Öqişni köçiriş-2022» bölimi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda;

Davlat test markazi quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda («Öqişni köçiriş 2022» bölimidan): @e_dtm_mandatbot; @e_dtm_mandat1bot; @e_dtm_mandat2bot; @e_dtm_mandat3bot; @e_dtm_mandat4bot;

talabgor ruxsatnomasi quyi qismidagi QR-kod (natijani köriş uçun havola)ni skaner qilgan holda.

Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topşirgan (topşiradigan) talabgorlar natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markazi taqdim etilgandan söng e’lon qilinadi.