Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda Abu Rayhon Beruniy majmuasi quriladi
Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi keng nishonlanadi.
“Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022–2023 yillarda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi YuNeSKO shafeligida xalqaro miqyosda keng nishonlanadi.
Jumladan:
- “Buyuk Beruniy merosi” xalqaro sayyohlik marshrutlari yo‘lga qo‘yiladi;
- 2023 yil yakunigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida Abu Rayhon Beruniy majmuasi quriladi;
- alloma ilmiy-ijodiy merosiga mansub qo‘lyozma va boshqa madaniy boyliklar restavratsiya qilinadi;
- Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi va Xorazm Ma’mun akademiyasida madaniy meros obektlarini restavratsiya qilish va konservatsiya qilishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil qilinadi;
- o‘quvchilar o‘rtasida Xorazm viloyatida tegishli fan bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasi o‘tkaziladi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etiladi.
2022 yil dekabrgacha “Beruniy va yoshlar” maxsus dasturi ishlab chiqilib, mutafakkir hayotiga oid ma’lumotlar, uning ilmiy-ma’rifiy asarlari jamlangan mobil ilova yaratiladi.
Allomaning to‘liq asarlari turkumini o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, arab va fors tillarida nashr etish choralari ko‘riladi.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025