O‘zbekiston | 14:18 / 27.08.2022
4513
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Otliq kavaleriya paradi» bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahrida “Otliq kavaleriya paradi” o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, 28 avgust kuni soat 19:00 da poytaxt bo‘ylab “Otliq kavaleriya paradi” bo‘lib o‘tadi.

Xabarda aytilishicha, parad Toshkent shahrida joylashgan kuch tuzilmalari kavaleriya bo‘linmalari ishtirokida o‘tkaziladi.

Tadbir “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid