Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada gaz narxi rekord darajaga ko‘tarildi
Yevropa Rossiya gazi «Shimoliy oqim» quvuri orqali yetkazib berilishi to‘liq to‘xtatilishidan xavotirda. Germaniyaning DIW instituti rahbari Yevropada gaz narxi uzoq yillar davomida yuqori darajada saqlanib qoladi, deb hisoblaydi.
Yevropada Rossiyadan tabiiy gaz yetkazib berishning to‘liq to‘xtatilishi haqidagi qo‘rquvlar ko‘k yonilg‘i narxining yangi keskin sakrashiga olib keldi. 26 avgust, juma kuni sentabrda gaz yetkazib berish bo‘yicha Yevropa fyucherslari narxi darhol to‘qqiz foiz punktga oshib, bir megavatt-soat uchun rekord darajadagi 340 yevroga yetdi.
Avvalroq «Gazprom» ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli 31 avgustdan boshlab «Shimoliy oqim» quvuri orqali tabiiy gaz yetkazib berishni uch kunga to‘xtatganini ma’lum qilgandi. Bu esa Rossiya gazining Yevropaga yetkazib berilishini to‘liq to‘xtatish ehtimoli haqidagi qo‘rquvni kuchaytirdi.
Shu bilan birga, Germaniya Iqtisodiy tadqiqotlar instituti (DIW) rahbari Marsel Fratssher tabiiy gaz uchun yuqori narxlar uzoq muddat saqlanib qolishiga tayyorlanishga chaqirdi. «Energiya narxlari hech qachon urushdan oldingi darajaga qaytmaydi», dedi u SWR radiostansiyasiga bergan intervyusida.
Fratssherning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi urushi tufayli energiya narxi besh-yetti yil davomida yuqori darajada qoladi, shuning uchun odamlar turmush darajasining pasayishiga moslashishi kerak.
Mavzuga oid
08:17
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026