Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda VAZ-2101 mashinasi haydovchisi vafot etdi
GAZ-31 haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzgan va mashina ro‘paradan kelayotgan VAZ-2101ning yo‘liga chiqib ketib, u bilan to‘qnashgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 22 avgust kuni soat 10:00 larda 4R-36 Jizzax-Forish-Qizilcha avtomobil yo‘lining Forish tumani hududidan o‘tgan qismida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Forish tumani Pastki Bayram qishlog‘ida yashovchi shaxs GAZ-31 mashinasida harakatlanayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan va ro‘paradan kelayotgan VAZ-2101 mashinasining yo‘liga chiqib ketib, u bilan to‘qnashgan.
Oqibatda, Forish tumani Nurak qishlog‘ida yashovchi VAZ-2101 mashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan, haydovchi vafot etgan.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyatida quvib o‘tish qoidalarini buzib harakatlangan Gentra mashinasi Lacetti ’ning yo‘liga chiqib ketib YTH sodir etgan, oqibatda Lacetti va uning haydovchisi yonib ketgandi.
Mavzuga oid
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026
Tesla avtopilot rejimida uyga urildi va ichidagi ayolni o‘ldirdi
17:35 / 23.06.2026
Xorazmda qahvaxonaga bostirib kirgan Cobalt voqeasi: 2 kishi jiddiy jarohatlangani ma’lum bo‘ldi
09:30 / 17.06.2026