Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda YPX xodimlari to‘xtatgan «Nexia-3» salonidan qurol topildi
Poytaxtda avtomobil salonidan pnevmatik qurol chiqdi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Foto: IIV Jamoat xavfsizligi departamenti
2022 yil 27 avgust kuni soat 01:30 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari X.Zokirov va T.Razzoqovlar tomonidan Cho‘lpon ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan I.X. boshqaruvidagi "Nexia-3" rusumli avtomobil to‘xtatilgan.
Qayd etilishicha, mashina xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil salonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan pnevmatik qurol topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro I.X. va qurol Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga topshirilgan.
Bundan oldin Uchtepa tumanida YPX inspektorlari tomonidan to‘xtatilgan avtomobil salonidan qurol topilgandi.
Mavzuga oid
11:00 / 12.02.2026
Xorijlik fuqaro dalada otgan qurol olib qo‘yildi
12:05 / 11.02.2026
AQSh Yevropadan Ukraina uchun yangi qurol xaridlarini kutmoqda
07:50 / 07.01.2026
Infografika: sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi qurolga ega davlatlar
18:10 / 15.12.2025