Jahon | 19:41 / 31.08.2022
11037
1 daqiqa o‘qiladi

«Gazprom» Xitoyga tortiladigan gaz quvurini loyihalashni boshladi

Aleksey Millerning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy dunyodagi eng o‘sib borayotgan energetika bozori hisoblanadi.

Foto: AP

«Gazprom» kompaniyasi Xitoyga tortiladigan gaz quvurini loyihalashni boshladi. Bu haqda kompaniya boshqaruvi raisi Aleksey Miller ma’lum qildi.

«Biz Xitoyga gaz yetkazib berish bo‘yicha yana bir shartnoma imzoladik. Bu «Uzoq Sharq» yo‘nalishi. Bu borada loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga kirishdik», — dedi u.

Millerning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy dunyodagi eng o‘sib borayotgan energetika bozori hisoblanadi.

2022 yil fevralda Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi va «Gazprom» XXRga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagandi. Shartnomaga ko‘ra, Rossiya Xitoyga 25 yil davomida yiliga 10 mlrd kub metr gaz yetkazib beradi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid