Wizz Air’ga Abu Dabi – Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlar uchun ruxsatnoma berildi
Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasiga Abu Dabi – Toshkent – Abu Dabi yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida 30 avgustda “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasiga O‘zbekistonga Abu Dabi – Toshkent –Abu Dabi yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ekspluatatsion ruxsatnomasi berildi.
Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni Airbus 321 havo kemalarida amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Wizz Air Abu Dhabi – Abu Dabi xalqaro aeroportida joylashgan kam budjetli aviakompaniya, Birlashgan Arab Amirliklari ADQ davlat investitsiya kompaniyasi hamda Wizz Air Holdings xalqaro holding tomonidan tashkil etilgan qo‘shma korxona.
Mavzuga oid
23:39 / 02.12.2024
TIVda O‘zbekiston fuqarolari BAA hududiga kirishda muammoga duch kelayotgani muhokama qilindi
22:42 / 30.07.2024
Toshkentda Wizz Air aviakompaniyasi reysi 17 soatga kechiktirildi
15:56 / 06.04.2024
Wizz Air Yevropa poytaxtlari va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida reyslarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
07:49 / 18.09.2023