Work and Travel dasturi uçun Germaniyaga borgan özbekistonlik talaba qaytişda Rim orqali Wizz Air reysiga çipta sotib olgan. Biroq aviakompaniya xodimi uning qölidagi “Özbekiston” yozuvli pasportni körib, bortga qöymagan. Oqibatda talaba 4 davlatda bir hafta sarson bölib, zörğa uyiga yetib keldi. Kun.uzʼga murojaat qilgan fuqaro aviakompaniyani Yevropa sudiga berişini bildirdi.

Wizz Air ustidan navbatdagi şikoyat. Work and Travel, ya’ni işlaş va sayohat dasturi uçun Yevropaga borgan Özbekiston Jahon tillari universiteti talabasi Suhrob Ubaydullayev Wizz Air’ni inson huquqlarini buziş, diskrinimatsiya, ayirmaçilik va iste’molçilar huquqlarini buzişda ayblamoqda. Suhrobning aytişiça, Wizz Air xodimlari uni heç qanday sabab va tuşuntirişlarsiz samolyot eşigidan ortga qaytarişgan. Buni izohlaş, tuşuntirişdan boş tortişgan. Yaxşilikça boşqa aviakompaniya orqali uçib ket, aks holda politsiyaga topşiramiz, ham deport qilinasan, ham muammong köpayadi, elçixonang ham senga yordam berolmaydi deb menga tahdid qilişdi, deydi talaba.

Uning aytişiça, voqea 2023 yilning avgusti oxirida bölgan. Talaba Rim orqali Abu-Dabiga, Abu-Dabidan esa Samarqandga Wizz Air bilan uçişi kerak bölgan. Rimdagi holat ortidan Suhrobning ikkinçi çiptasi ham kuyib ketgan. Nima qilişini bilmagan talaba qarz olib, Turkiyaga uçgan va Istanbulda bir neça kun boşpanasiz qolib ketgan.

“Qaytiş biletini Italiya orqali olgandim. Uşbu aviakompaniya xodimlari meni diskriminatsiya qilişdi. Italiya hududidan ketayotganimda allaqaçon pasportimga davlatdan çiqqanim haqidagi muhr urilgandi. Aviakompaniya xodimi esa samolyotning eşigi oldida mening qölimdagi pasportni kördi-da, sen Özbekiston fuqarosimisan, deya mendan çetga ötişimni söradi. Şu joyning özida çiptamni bekor qilib yuborişdi va samolyotga mensiz uçib ketaverişini xabar qilişdi. Ular qölimdagi viza, çiptalar, viza va Germaniya bergan hujjatlarning birortasiga qaraşmadi. Faqat pasportimdagi “Özbekiston” yozuvini körib, meni uşlab qolişdi” – Suxrob Ubaydullayev, talaba

Talaba özaro suhbatimiz çoğida Turkiyada ham aldangani, uning pulini ba’zi yurtdoşlarimiz yordam beraman deb talon-toroj qilganini aytib berdi. Oila a’zolariga esa boşiga tuşganlarini aytişga uyalgan, arzonroq çipta izlab Istanbuldan Rossiyaning Qozon şahriga uçuvçi reysdan bilet olgan.

"Yaqin kunlarda Özbekistonga reys bölmagani uçun Turkiyada bir hafta qolib ketdim. Qiyinçiliklarga duç keldim, çiptaga tölasam, turar joyga, mehmonxonaga tölasam, çiptaga pulim yetmasdi. Uyimdagilarga esa bu haqida aytolmasdim, ular mendan xavotir olişlarini istamadim. Menga eng arzon bilet kerak edi. Bu esa Rossiyaning Qozon şahriga edi va Istanbuldan Qozonga uçdim. U yerda ham 1 kun aeroportda qolib, keyin Öş şahriga uçdim. Öşdan esa uyimga – vodiyga yetib keldim”, - Suhrob Ubaydullayev, talaba

Suhrob Rimdan Istanbulga, Istanbuldan Qozonga, Qozondan Öşga uçgan. Öşdan esa maşinada Namanganga borişga majbur bölgan. Uning aytişiça, birgina aviakompaniya xodimining ayirmaçiligi ortidan yoş talaba özga yurtlarda sarson bölgan.

Xöş, nega u endi öz noroziligini bildiryapti? Suhrob Ubaydullayevning aytişiça, ötgan muddat davomida u harakat qilgan, aviakompaniya sayti, poçtasiga bir neça marotaba xat yozgan. Vaziyatni tuşuntirgan, kompensatsiya talab qilgan. Lekin birorta murojaat ijobiy yeçib topmagan.

“Bir oy oldin aviakompaniya xodimlari aloqaga çiqdi va kompensatsiya tölanişi uçun mendan şaxsiy ma’lumotlarim, viza kartam raqamlarini oldi. Lekin şu böyi ular yöq bölib ketişdi. Özbekiston fuqarosi ekanman, öz haq-huquqlarimni talab qilaman. Vaziyat yuzasidan Yevropa sudiga murojaat qildim” – Suxrob Ubaydullayev, talaba

Suhrobning Kun.uzʼga taqdim etgan xatlari va yozişmalarida kelişiça, aviakompaniya xodimlari unga heç qanday kompensatsiya tölamasligini bildirgan.

Yana bir imeylda yozilişiça, aviakompaniya Suhrobning xatini qabul qilgan, biroq javob berişni istamagan. Wizz Air mijozi sifatida unga sabr tilangan. Holat yuzasidan yölovçi Ubaydullayev Yevropadagi 1-2-huquq assotsiatsiyalariga xat yöllaganini, biroq işni körib çiqişda rad javobini olayotganini aytadi.

Xöş, nega Özbekiston fuqarolari oxirgi vaqtlar aeroportlarda juda köp sarson bölmoqda? Ayniqsa Abu-Dabi yönalişiga uçayotgan yurtdoşlarimiz davomli qiyinçiliklarga duç kelayotgani, şunçaki sayohatga borganlar ham soatlab çegaradagi tekşiruvlarda qolib ketayotganidan noroziligini aytmoqda.

Şohrux Majidzoda tayyorladi.